Yangiliklar


🎉 “Quvnoqlar va Zukkolar” tadbiri bo‘lib o‘tdi 🎉

Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va Zukkolar” bellashuvi tashkil etildi.

😄 Tadbir davomida jamoalar o‘zlarining zukkoligi, topqirligi va hazil-mutoyibaga boy chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar. Qiziqarli savol-javoblar, sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🏆 Bellashuv yakunida eng faol va zukko jamoalar munosib taqdirlandi.

✨ Tadbir yoshlarning bilimini oshirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yuqori saviyada o‘tkazildi.



🌸 “Muqaddas ayol” mavzusida kelajak soati bo‘lib o‘tdi 🌸

📅 Joriy yilning 2-mart sanasida Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Muqaddas ayol” mavzusida kelajak soati tashkil etildi.

💐 Tadbir davomida ayol zotining jamiyatdagi o‘rni, uning oiladagi beqiyos qadri, mehr-muhabbati va fidoyiligi haqida so‘z yuritildi. Ayol — ona, ustoz, opa-singil sifatida har bir inson hayotida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
🌷 O‘quvchilar tomonidan ayollarga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, samimiy fikr-mulohazalar bildirildi hamda mavzu yuzasidan faol ishtirok etildi.

✨ Tadbir ko‘tarinki ruhda, mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega tarzda o‘tkazildi.


Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining o'qituvchilari Shayxontohur tuman texnikumida "Kasbiy mahorat" milliy tanloviga ekspertlarni tayyorlash bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-seminarida ishtirok etdi .

✅ Seminar davomida tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari, ekspertlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, baholash jarayonida xolislik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

⚡️ Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, baholash jarayonidagi muhim jihatlarni chuqur tahlil qildilar.


📚 Amaliy darslar – nazariya va amaliyot uyg‘unligi!

Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar bevosita oilaviy poliklinikalarda tashkil etilmoqda.

👩‍⚕️🩺 O‘quvchilar malakali shifokorlar nazorati ostida:
🔹 bemorlar bilan ishlash
🔹 tibbiy hujjatlarni to‘ldirish
🔹 amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash
🔹 kasbiy mahoratni oshirish jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar.

✨ Bu esa kelajakdagi tibbiyot xodimlarining tajribali, mas’uliyatli va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

📌 Nazariya amaliyot bilan uyg‘unlashganda haqiqiy bilim shakllanadi!


🗓 Joriy yilning 23-fevral sanasida
📍 Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
✨ “Bir yaxshilik haqida – Kelajak soati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🕊 Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlar qalbida ezgulik, mehr-oqibat va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni jamiyatda faol va mas’uliyatli bo‘lishga undashdan iborat bo‘ldi.

🎤 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ezgulikning inson hayotidagi o‘rni, birgina yaxshilik orqali butun bir taqdirni o‘zgartirish mumkinligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📖 Qiziqarli savol-javoblar va tarbiyaviy chiqishlar tadbirga yanada mazmun bag‘ishladi.
🌟 Yaxshilik qilish – insonning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

📌 Bunday ma’naviy tadbirlar yoshlarning ongu tafakkurini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



📅 Joriy yilning 20-fevral sanasida
🏫 Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
🚨 Fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda 🤝 hamkorlikdagi xizmatlar bilan birgalikda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

🌍 Tabiiy ofatlar (zilzila) va 🔥 yong‘in kelib chiqqan holatlarda to‘g‘ri hamda tezkor harakat qilish ko‘nikmalari amaliy tarzda namoyish etildi.
👥 Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotida texnikum direktori, Sergeli tumani FVB boshlig‘i hamda hamkorlikdagi xizmatlar vakillari ishtirok etdi.
🧯 Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, evakuatsiya tartibi va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdi.
✅ Bunday tadbirlar o‘quvchi-yoshlar va xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


JAHOLATGA QARSHI-MA'RIFAT

📅 Joriy yilning 20-fevral sanasida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✅ Mazkur tadbir "Madaniyat" mahallasi hamda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o'tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalar va zararli ta’sirlardan asrash, ma’rifat va bilim orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga undashdan iborat bo‘ldi.

📌 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar jaholatning salbiy oqibatlari, ilm-ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni hamda yoshlarning bugungi kundagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr bildirdilar. O‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va chiqishlar tadbirga yanada mazmun va ruh bag‘ishladi.



🗓Joriy yilning 19-fevral sanasida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish maqsadida “Toza likopcha” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📌 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan muvozanatli ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri tanlash, gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda isrofgarchilikning oldini olish masalalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sog‘lom ovqatlanishning inson salomatligiga ijobiy ta’siri, yoshlar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirishning ahamiyati ta’kidlandi.

🚀 Davra suhbati savol-javoblar va qiziqarli fikr-mulohazalar bilan boy tarzda o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.



Madhiya yangragan maskanda – yangi kun, yangi marralar!

🏢 Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quv mashg‘ulotlari ko‘tarinki ruhda, Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

📎Yurtimiz madhiyasi yangragan onlar har birimizning qalbimizda Vatanga sadoqat, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Madhiya ijrosi davomida o‘quvchi-yoshlarimizning yurtga muhabbati va kelajakka ishonchi yaqqol namoyon bo‘ldi. Zero, bunday ezgu an’analar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📌Yangi kunni ana shunday ruhda boshlagan jamoamiz oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni sidqidildan ado etishga tayyor!




2026-yil 16-fevral kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining “Farmatsiya” yo‘nalishi o‘quvchilari uchun “Farma park”ga sayyor dars tashkil etildi.

📌 Sayyor dars davomida o‘quvchilar farmatsevtika sohasidagi zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, dori vositalarini saqlash sharoitlari hamda sifat nazorati bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash va laboratoriya tekshiruvlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹 O‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliy jarayon bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, farmatsevtika sanoatining bugungi rivojlanish bosqichi, innovatsion texnologiyalar va xalqaro standartlar asosida ishlash tartiblari haqida tushunchalarini mustahkamlab oldilar.






🗓Joriy yilning 16-fevral kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Halollik vaksinasi” mavzusida navbatdagi Kelajak soati tashkil etildi.

✅ Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida halollik, poklik, mas’uliyat va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari keng muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar halollik – bu insonning ichki immuniteti, uning eng kuchli himoyasi ekanligini ta’kidlab, “Halollik vaksinasi” tushunchasini yoshlar ongiga singdirish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini alohida qayd etdilar.

📌 Mazkur “Kelajak soati” yoshlar qalbida vatanparvarlik, qonunlarga hurmat va pok vijdon bilan yashash tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.






📆Joriy yilning 14-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✅ Tadbir davomida buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoirning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar tomonidan Bobur g‘azallari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda “Boburnoma” asari yuzasidan qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, tadbirda yoshlarga milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish va ularga munosib avlod bo‘lish masalalari alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbir o‘quvchi-yoshlarning tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamladi hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.








📅 Joriy yilning 12-fevral kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✅ Tadbir davomida ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning o‘rni, ularning jamiyat taraqqiyotidagi hissasi hamda yosh qizlarni ilm olishga keng jalb etish masalalari haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi. 🌸📚






Joriy yilning 11-fevral kuni Toshkent shahar Koreya ta’lim markazi direktor o‘rinbosari Li In Gyu Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga rasmiy tashrif buyurdi. 🇺🇿🤝🇰🇷
⚡️ Tashrif davomida texnikumda Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi — “DAEJEON HEALTH UNIVERSITY” bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturi asosida tashkil etilgan guruh faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 📚✨
✨Xususan, ushbu guruhda Toshkent shahar Koreya ta'lim markazi tomonidan koreys tili fanining o‘qitish uchun ajratilgan o'qituvchi Kim Min Jungning qo'shimcha koreys tilini o'qitish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek , dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. 🏫📝
Li In Gyu o‘quv jarayoniga yuqori baho berib, kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalar almashinuvi va qo‘shimcha ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalarida o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi. 🌍📈






Буюк сиймо — абадий мерос ✨📚

Сергели Абу Али ибн Сино номидаги Жамоат саломатлиги техникумида миллат тимсоли, шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 585 йиллиги муносабати билан маънавий-маърифий тадбир ўтказдик.

Алишер Навоий — нафақат туркий адабиёт асосчиси, балки инсонпарварлик, адолат, илм ва маърифат ғояларини умри давомида тарғиб этган улуғ мутафаккирдир. Унинг асарларида инсон қадри, поклик, ватанга муҳаббат ва маънавий камолот устувор ўрин тутади.

“Тил — миллатнинг руҳидир”, деган ғояни ижодида исботлаган Навоий Ҳазратлари туркий тилнинг имкониятларини бутун дунёга намоён қилди ва уни адабиёт тили даражасига кўтарди.

Тадбир давомида Навоий ҳаёти ва ижодига оид маърузалар, ғазал ва рубоийлардан ифодали ўқишлар, саҳна чиқишлари, намойиш этилди.

Бу каби тадбирлар ёш авлод қалбида миллий ғурур, маънавий онг ва китобга муҳаббатни янада мустаҳкамлашга хизмат қилади.




Texnikumda “Kelajak soati” – Buyuk siymolar xotirasi bilan 😀📚

📆 2026-yil 9-fevral kuni Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Kelajak soati” doirasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi, ularning ma’naviy merosi hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿

✅Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga bu ikki buyuk ajdodimizning nafaqat adabiyot va tarixdagi o‘rni, balki ularning insoniy fazilatlari, ilmga bo‘lgan muhabbati, vatanparvarligi va yuksak ma’naviyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📝 Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilining asoschisi, she’riyat sultoni, ilm-fan va adabiyot homiysi sifatida yodga olindi. Uning asarlarida aks etgan insonparvarlik, ezgulik va komillikka chorlovchi g‘oyalar bugungi yoshlar uchun ham muhim hayotiy saboq ekanligi ta’kidlandi.

👑 Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk sarkarda, davlat arbobi va nozik didli shoir sifatida e’tirof etildi. “Boburnoma” asari orqali uning chuqur tafakkuri, tabiat va inson ruhiyatiga bo‘lgan e’tibori, vatan sog‘inchi va jasorati yoritib berildi.

🎨Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qildi, ularning hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishildi. Bu esa yoshlarning ajdodlar merosiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. ⭐️




2026-yil 6-fevral
📍 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Pediatriya kafedrasi professor o'qituvchisi A. L. Aliyev Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining o'quvchilari bilan "Kasbim-faxrim" mavzusida davra suhbati olib bordi.

💬 Davra suhbatida, professor A. L. Aliyev
o‘quvchilarga tibbiyot sohasida kasb tanlash, shifokorlik yo‘lida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va malakalar haqida gapirib berdi. O‘z kasbini sevgan va unga fidoyilik bilan yondashgan shifokorlarning salomatlikni saqlashdagi o‘rni haqida ham to‘xtaldi.
⭐️ Shuningdek, professor
talabalar uchun kasb tanlash jarayonida to‘g‘ri yo‘nalishni belgilash, mehnat etikasini oshirish, va xalq salomatligi sohasidagi ahamiyatni ta’kidladi.

📝 Tadbir so‘ngida, professor
A. L. Aliyev o‘quvchilarga o‘z kasblarini eng yuqori darajada bajarishlari uchun ularga o‘z bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirishga, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishga chaqirdi.




Direktorning navbatdagi yigʻilishi — 2026-yil 1-mavsum: Attestatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va topshirish

📆2026-yil 5-fevral kuni texnikumda direktor rahbarligida 2026-yilgi "Attestatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va topshirish" mavzusida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv-ishlab chiqarish jarayonini yanada takomillashtirish, attestatsiya talablariga muvofiq ravishda o‘qituvchilar va xodimlarning tayyorgarligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

⭐Yig‘ilish davomida direktor tomonidan tegishli bo‘lim va mas’ullarga attestatsiya jarayonini sifatli hamda o‘z vaqtida amalga oshirish, zarur hujjatlarni tayyorlash va ichki nazorat tizimini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

⏺Shuningdek, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim sifati va moddiy-texnik bazani mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

✅ Yig‘ilish yakunida barcha ishtirokchilar attestatsiya jarayonini yuqori saviyada o‘tkazish uchun o‘z oldilariga aniq vazifalarni belgilab oldilar.






FARMON VA IJRO

🗓 2026-yil 3-fevral kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida navbatdagi hamkorlikdagi masofaviy dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

👩‍⚕️🏫 Texnikumga biriktirilgan Toshkent tibbiyot universiteti Neonatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida onlayn dars tashkil etildi.

🧑‍🎓 Ushbu mashg‘ulotda texnikumning “Klinik fanlar” kafedrasi hamda Davolash ishi yo‘nalishi o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

📚Dars mavzusi: “Emlashdan keyingi o‘tkir nojo‘ya ta’sirlar: faktlar va ko‘rilgan choralar” bo‘lib, unda emlashdan so‘ng kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya holatlar, ularni erta aniqlash, to‘g‘ri baholash va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.

💻 Interaktiv taqdimotlar, klinik holatlar tahlili va savol-javoblar orqali o‘quvchilar mavzuni chuqur o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ldilar.

🤝 Mazkur hamkorlik darsi o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy yondashuvlarni o‘rganish hamda oliy ta’lim muassasasi bilan uzviy aloqalarni kuchaytirishga xizmat qildi.

🌐 Zamonaviy ta’lim — sifatli bilim garovi!






Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktorining 2026-yil 22-yanvardagi buyrug‘iga asosan texnikum o‘qituvchilari uchun “Xorijiy til (Ingliz tili)” kurslari tashkil etilmoqda.
Darslar boshlanish sanasi: 2-fevral, soat 14:00
📍 Manzil: 2-qavat, 230-xona
Xorijiy til kurslari ikki darajada olib boriladi:
💎 Beginner — Sayfuddinova Noila
💎 Elementary — Pulatova Olyaxon va Abdujalilova Feruza
✅Ingliz tilini o‘rganishga qiziqishi bor bo‘lgan o‘quvchi-talabalar ham mazkur kurslarga taklif etiladi.

Barchangizni kurslarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!






Sog‘lom hayot sari muhim qadam ! 🌿

🗓 2026-yil 2-fevral kuni texnikumda “Sog‘lom hayot” mavzusida Kelajak soati bo‘lib o‘tdi. 🎯

🌹Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘g‘ri ovqatlanish 🥗, jismoniy faollik 🏃‍♂️ va zararli odatlardan yiroq bo‘lishning ahamiyatini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
☑️Kelajak soati davomida sog‘lom hayotning inson salomatligiga ijobiy ta’siri ❤️, kasalliklarning oldini olishda profilaktikaning o‘rni 🛡, shuningdek ruhiy va jismoniy sog‘lomlikning o‘zaro bog‘liqligi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 😀💪
Tadbir interaktiv tarzda tashkil etilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. ❓💬

⭐Yakunda yoshlar sog‘lom hayot tarziga amal qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanish 🏋️‍♀️, toza havo va to‘g‘ri kun tartibiga rioya qilish ☀️ hamda foydali odatlarni shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan ta’minlandilar. 📌

🌱 Sog‘lom hayot — har bir insonning eng katta boyligidir! ❤️






🗓  2026-yil 30-yanvar kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi podpolkovnigi: Sh.Sh.Qoziyev hamda maxalla inspektori tomonidan “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish” mavzusida o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

✅Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan bugungi kunda internet tarmog‘ida uchrayotgan firibgarliklar, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar, zararli havolalar va soxta sahifalarning xavfi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🔐🌐
Ishtirokchilarga kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kuchli parollardan foydalanish, noma’lum havolalarga kirmaslik hamda internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 📱✅

✅Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilib, o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar. 🎙❓
Mazkur profilaktik tadbir yoshlar ongida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, ularni kiberjinoyatchilikdan ogoh qilish hamda zamonaviy axborot tahdidlaridan himoyalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.






📚 Ochiq darslar haftaligi davom etmoqda!

⭐️Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Umumkasbiy fanlar” kafedrasi tomonidan ochiq mashg‘ulotlar haftaligi qizg‘in ruhda davom etmoqda.

🗓 2026-yil 28-yanvar kuni Anatomiya, fiziologiya va patologiya fani o‘qituvchisi Sh. Dj. Gafurova tomonidan
🧠 “Ovqat hazm qilish tizimi. Me’da osti bezi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
👩‍🏫 Ochiq dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan:
✅ Interfaol metodlar,
✅ Savol-javob,
✅ Klaster,
✅ Ko‘rgazmali qurollar va slaydlar,
✅ Amaliy misollar orqali mavzu o‘quvchilarga tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazildi.

🎯 Dars davomida o‘quvchilarning faolligi oshirilib, ularning mustaqil fikrlashi va bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari rivojlantirildi.

✨ Ochiq mashg‘ulot ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholanib, tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etdi va texnikumda ommalashtirildi.

📌 Eslatma: Texnikumimizda ochiq darslar haftaligi davom etadi, oldinda yana ko‘plab mazmunli va samarali mashg‘ulotlar kutmoqda!




“Muvaffaqiyat sirlari” – Kelajak sari dadil qadam! ✨

🗓2026-yil 26-yanvar kuni Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Kelajak soati” doirasida “Muvaffaqiyat sirlari” mavzusida mazmunli va motivatsion tadbir bo‘lib o‘tdi.

⭐️Tadbir davomida o‘quvchilarga muvaffaqiyatga erishish yo‘lida maqsad qo‘yish, intizom, mehnatsevarlik, to‘g‘ri reja tuzish hamda vaqtni samarali boshqarish kabi muhim omillar haqida tushunchalar berildi. 📘
✅Shuningdek, hayotda o‘z o‘rnini topgan insonlarning ibratli yo‘li, ularning sabr-toqati va tirishqoqligi yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘ldi.

💻O‘quvchilar tadbirda faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda kelajakdagi maqsadlari haqida so‘z yuritdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, orzu-maqsadlarini aniq belgilash va kelajak sari ishonch bilan qadam tashlashlariga xizmat qiladi.



🗓2026-yil 22-yanvar kuni
Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 5 muhim tashabbusi doirasida, xususan 1-tashabbus —
🎨 “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga qiziqishini oshirish, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish” yo‘nalishi bo‘yicha
🖼️ “Men chizgan surat” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.

✨ Ko‘rgazmada o‘quvchilarning ijodiy ishlari namoyish etilib, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishi va iste’dodi keng e’tirof etildi.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha taqdirlandi:

🥇 1-o‘rin — Hamshiralik ishi yo‘nalishi, 106-guruh o‘quvchisi
Markaboyeva Z.

🥈 2-o‘rin — Farmatsiya ishi yo‘nalishi o‘quvchisi
Botirova M.

🥉 3-o‘rin — Davolash ishi yo‘nalishi o‘quvchisi
Ismatullayeva M.
🟦🟦🟦
👏 G‘olib va ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.



📚✨ Ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi ✨📚

🗓 2026-yil 20-yanvar kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Lotin tili va tibbiy terminologiya fani o‘qituvchisi X. X. Ollonazarova tomonidan “Klinik atamalarni yasash usullari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

👩‍🏫📖 Dars jarayonida klinik terminlarning kelib chiqishi, yasalish usullari hamda ularning tibbiyot amaliyotidagi ahamiyati batafsil yoritildi. Interaktiv usullar orqali o‘tilgan mashg‘ulot talabalar bilimini mustahkamlashga xizmat qildi.

👏⭐️ Ochiq dars qatnashchilar tomonidan yuqori baholanib, tajriba almashish va kasbiy mahoratni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.



🗓 2026-yil 19-yanvar

😊 Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
🕐 “Kelajak soati” doirasida

😵‍💫 “Ma'naviyat, axloq va mehr-oqibat” mavzusida
🔖 ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🤝 Tadbir davomida yoshlar ongida yuksak ma’naviyat, insoniy fazilatlar, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va axloqiy mas’uliyat tushunchalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
☑️Mazmunli suhbatlar, fikr almashuvlar hamda ibratli misollar orqali ishtirokchilarning ma’naviy dunyoqarashi yanada boyitildi.
🌱 Ushbu tadbir yoshlarni jamiyatda faol, vatanparvar va mas’uliyatli shaxs etib tarbiyalashga xizmat qildi.



⭐🤝 XALQARO HAMKORLIK YANADA RIVOJLANMOQDA 🤝⭐

📅 2026-yil 16-yanvar kuni
😊 Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga
🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasidan xalqaro hamkorlar —
😀 Xitoy ta’lim va xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari, Sunmaker Training Instituti rahbari Mark Gong Zhishu
😀 Loyiha menejeri Sherry Zhang rasmiy tashrif buyurdilar.

🤝 Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida:
📌 Xitoy va O‘zbekiston ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish,
📌 uzoq va qisqa muddatli ta’lim loyihalarini amalga oshirish,
📌 o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
📌 🇨🇳 O‘zbekiston tibbiyot texnikumi talabalarini Xitoy davlatida o‘qitish uchun maxsus dasturlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
✨ Uchrashuv yakunida kelgusida ta’lim sohasida barqaror va samarali xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashinuvini kuchaytirish hamda yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish muhimligi alohida ta’kidlandi.
🚀 Mazkur tashrif kelajakdagi yirik hamkorlik loyihalari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.




🗓 2026-yil 15-yanvar kuni
Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida texnikum direktori S. T. Tursunov rahbarligida guruh sardorlari hamda guruh yoshlar yetakchilari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🗂️ Mazkur yig‘ilishda 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, talaba-yoshlarning faolligini kuchaytirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
💬 Yig‘ilish davomida direktor tomonidan guruh sardorlari va yoshlar yetakchilarining mas’uliyatini oshirish, tashabbuskorlik va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, 2026-yil uchun aniq reja va vazifalar belgilab olindi.


🗓 2026-yil 14-yanvar

📍 Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekiston poydevori” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🫡Tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati xodimi, Zaxiradagi Podpolkovnik
A. A.Abduraxmonov ishtirok etdi va o‘z nutqida:

☑️Milliy armiyamizning mustahkamligi va vatan himoyasidagi roli haqida gapirdi;

☑️Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga tayyorlash va xalqimizga xizmat qilishga chaqirdi;

☑️Qurolli Kuchlar va davlat xavfsizligining bugungi ahamiyatini alohida ta’kidladi

🎖 Bayram tadbiri yoshlarimizda vatanparvarlik hissi, mas’uliyat va milliy g‘ururni yanada oshirishga xizmat qildi.


⭐✨ “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” ⭐🇺🇿

☑️Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🛡 Tadbir davomida yoshlarga Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat va fidoyilik kabi yuksak fazilatlar targ‘ib etildi.
📚 Milliy qadriyatlarimiz, tinchlikni asrash va yurt himoyachilariga bo‘lgan hurmat-ehtirom haqida mazmunli chiqishlar amalga oshirildi.

⭐ O'quvchilar savol-javoblar va fikr almashuvlar orqali tadbirda faol qatnashib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini yanada boyitdilar.

🌱 Bunday tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy ongini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“KELAJAK SOATI”

🔖 Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Jadid bobolarimiz” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Dars davomida o‘quvchi-yoshlar jadid ma’rifatchilarining hayoti, millat ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi va ularning bugungi avlod uchun ibratli merosi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar

🧠🇺🇿 Mashg‘ulot yoshlarning tarixiy xotirasi, vatanparvarlik tuyg‘ulari va ma’naviy ongini yuksaltirishga xizmat qildi.

📌 Kelajagimiz — tarixni bilgan, ma’rifatli yoshlardir!


🧑‍🎓 TIBBIY HAMKORLIK DOIRASIDA TASHRIF

🗓 Joriy yilning 15-dekabr sanasida Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bolalar terapevtik stomatologiyasi” kafedrasi assistentlari —
E. X. Dosmuxammedov,
S. T. Eshimova hamda universitet talabalari Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdilar.

🤝 Uchrashuv davomida stomatologiya sohasiga oid bilim va tajribalar almashildi, o‘quvchi-yoshlar uchun foydali ma’lumotlar taqdim etildi.

🧑‍⚕️⭐ Mazkur tashrif o‘quvchilarning kasbiy qiziqishini oshirish, amaliy bilimlarini mustahkamlash va oliy ta’lim bilan uzviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

📌 Ilm, tajriba va hamkorlik — sifatli ta’lim garovi!

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” — ma’naviy-ma’rifiy tadbir
🗓 11-dekabr kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlar ongida zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
👮‍♀️ Tadbirni Sergeli tumanining 4-IIB XPB XKMB katta inspektori, katta leytenant D. N. Xudayberganova hamda Madaniyat mahallasi xotin-qizlar raisi olib bordilar.
☑️Ular o‘quvchi yoshlar bilan:
• oilada va jamiyatda sodir bo‘layotgan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish,
• yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish,
• o‘zaro hurmat va sog‘lom muhitni shakllantirish
mavzularida suhbat olib bordilar.

🙌 Tadbir davomida zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashish, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish va yoshlarni ongli hayot tarziga chorlovchi muhim fikrlar bildirildi.

Joriy yilning 5-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasida
“Tibbiyotda yangi bosqich: Biotibbiyot muhandisligi va raqamli tibbiyot” mavzusida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
🧑‍🎓 Tadbirda Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari ishtirok etib:
💎 Simulyatsion markaz faoliyati
💎 Tibbiyot muzeyi
💎 Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishlari bilan tanishdilar.
🛠 Ular matematik modellashtirish, sxema texnika, tibbiy qurilmalar servisi, dasturlash, 3D chop etish va sun’iy intellekt bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy treninglarda faol qatnashdilar.
🤖 O‘quvchilar zamonaviy biotibbiyot texnologiyalari, raqamli va erta diagnostika, smart tibbiy uskunalar, sun'iy intellekt asosidagi davolash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
🔖 Tadbir yoshlarning ilm-fan va mehnat bozori o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqurroq anglashlariga xizmat qildi.


⭐️3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni ⭐️

😊 Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan texnikum rahbariyati va jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘ngillilik xayriya aksiyasi tashkil etildi 🤝❤️

✨ Aksiya davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga e’tibor qaratilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mehr-muruvvat va insonparvarlik tamoyillarini targ‘ib etish maqsad qilindi.

😀 Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda bag‘rikenglik, mehr-oqibat va ijtimoiy hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
🤍 E’tibor va g‘amxo‘rlik — eng katta qadriyat!


🌍 BUTUNJAHON OITSga QARSHI KURASHISH KUNI 🌍🎗
✅Har yili 1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni sifatida butun dunyoda keng nishonlanadi. Ushbu sana OITS va OIV infeksiyasi haqida xabardorlikni oshirish, kasallikning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.
👩‍⚕️👨‍⚕️ Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ham mazkur kun munosabati bilan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlar davomida oʻquvchi-yoshlarga OITSning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, oldini olish choralari hamda kasallikka nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
🗣🔖 Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondashish va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga undadi.
🤝🎗 OITSga qarshi kurash — barchamizning burchimiz!
🌱 Sog‘lom avlod — yurt kelajagi!

📘✨ KELAJAK SОATI — “MENING HUQUQLARIM” ✨📘

😊 Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Mening huquqlarim” mavzusida tashkil etildi.

🗓 Mashg‘ulot davomida yoshlarning konstitutsiyaviy huquqlari, ta’lim olish erkinligi, sog‘liqni saqlash, mehnat qilish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish masalalari yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.
🟠🔖 Tadbir interaktiv tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Bu esa yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.
✅ “Kelajak soati” mashg‘ulotlari yoshlarni mustaqil fikrlashga, o‘z huquqlarini bilishga va himoya qila olishga undovchi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.

🌱🇺🇿Huquqini bilgan yosh — kelajagimiz tayanchi!


FARMON VA IJRO
🩺Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Pediatriya” kafedrasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi🤝

🗓Joriy yilning 6-noyabr sanasida Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Pediatriya” kafedrasi mudiri va kafedra o‘qituvchilari Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurishdi.

🤝Uchrashuv davomida texnikum va universitet o‘rtasida ta’lim sifati va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Pediatriya” kafedrasi o‘qituvchilari texnikumning bir nechta o‘quv guruhlariga kirib, amaliy mashg‘ulot darslarini o‘tkazishdi hamda talabalarga zamonaviy pediatriya yondashuvlari bo‘yicha bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

✅Mazkur uchrashuv ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

📍 Bugun, 21-oktyabr kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Davlat tili — millat g‘ururi va iftixori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

⚡️ Tadbir davomida o‘zbek tilining tarixiy ahamiyati, xalqimizning milliy o‘zligini ifoda etishdagi o‘rni hamda yoshlar orasida ona tiliga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish masalalari yoritib o‘tildi.

✅ Ishtirokchilar o‘zbek tilining jozibasi, boy lug‘at xazinasi va milliy qadriyatlarimizni ifodalashdagi beqiyos o‘rni haqida samimiy fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, o'quvchilar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Til — millatning ruhi, g‘ururi va iftixoridir. Bugungi tadbir yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

"Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan uchrashuv.

🗓Joriy yilning 11-oktabr sanasida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Mahalla xotin-qizlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuv” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🌸Tadbirda mahalla faollari, texnikum o‘qituvchilari hamda faol o'quvchi qizlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, oilaviy qadriyatlar, ma’naviy barkamollik va yoshlarning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

🍀Tadbir iliq muhitda, samimiy muloqot va o‘zaro hurmat asosida o‘tkazildi.

🌱 “Yangi daraxt — yangi nafas” ekochempionatining texnikum bosqichiga start berildi!
"Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida" Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Yangi daraxt-yangi nafas ” shiori ostida ekologik yo‘nalishga bag‘ishlangan tanlovning texnikum bosqichi boshlanmoqda

Mazkur tanlov 1-, 2- va 3-kurs o‘quvchilari o'rtasida o'tkaziladi .

🏆 Tanlov shartlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin sohiblariga — bir kunlik Toshkent shahar bo'ylab sayohat,
🥈 2-o‘rin g‘oliblariga — ikki oylik yo‘l transport chiptalari,
🥉 3-o‘ringa — “Yashil makon” kiyim formasi topshiriladi.

📅 Joriy yilning 14-oktabr sanasida tanlovning yakuniy bosqichi hamda “Yashil makon” vektorinasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bunday tashabbuslar yoshlar orasida ekologik mas’uliyatni oshirish, “yashil tafakkur”ni shakllantirish va tabiatni asrab-avaylash madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

"Zakovat” — bilim, tafakkur va iqtidor sinovi!

📅 Joriy yilning 10-oktabr sanasida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

⚡️ Tadbirning asosiy maqsadi – yosh qizlarning bilim va tafakkur doirasini kengaytirish, ularni ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga, erkin fikrlashga, jamoada ishlashga hamda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishga chorlashdan iborat bo‘ldi.

☘️Bellashuv davomida jamoalar turli mavzulardagi savollarga javob berish orqali o‘z aql-zakovati, mantiqiy fikrlash qobiliyati va jamoaviy uyg‘unligini sinovdan o‘tkazdilar. Intellektual muhitda o‘tgan ushbu tadbir nafaqat bilimlarni sinash, balki bir-biridan o‘rganish, do‘stona muloqot va hamjihatlikni kuchaytirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Joriy yilning 9-oktabr sanasida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi.

Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha texnikumda maxsus smenar trening o'tkazildi ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad maxsus kurs dasturi loyihasini ishlab chiqish va kelgusida ush bu kurslarda o'quvchi va o'qituvchilarni o'qitishdan iborat. Mazkur dastur o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, tibbiyot sohasida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

🎓 Ushbu kurslar davomida o‘quvchilar sun’iy intellekt tizimlarining ishlash tamoyillari, tibbiyotda avtomatlashtirilgan tahlil va diagnostika dasturlari, hamda innovatsion yechimlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida amaliy bilim va tajribaga ega bo‘lishadi.
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi  tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida

📆 Joriy yilning 18-iyun sanasida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Shaxmat" sport musobaqasi o'tkazildi
Joriy yilning 3-4 iyun sanasida o'tkazilgan "Yosh qutqaruvchilar" musobaqasining Respublika bosqichida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining o'quvchilari faxrli o'rinni egalladilar.

🏅 Ushbu musobaqa, o'quvchilarning favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish ko'nikmalarini oshirish va ularni qutqaruvchi kasbiga qiziqtirishga xizmat qildi.
2025 yil 16-17 may kunlari Yevropa va Osiyo davlatlari sog‘liqni saqlash tashkilotlari (jumladan, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti – WHO), Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qizilorda shahri hokimiyati, Qizilorda oliy tibbiyot kolleji hamkorligida Qozog‘iston Respublikasida
’’Qozog‘iston Respublikasida mustaqil hamshiralik ishining eng yaxshi tajribalarini joriy etish" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Belarusiya kabi mamlakatlardan sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislar, olimlar, o‘qituvchilar va hamshiralar hamda Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining 4 nafar pedagog-xodimlari ishtirok etdilar.
2025-yil 16-may Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
"Kasb va yoshlar" ochiq muloqot oyligi doirasida tadbir bo'lib o'tdi.
📌 Tadbirda Sergeli Tumani 47 va 215- sonli umumta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etdilar. Bu tadbir o'quvchilarda katta ta'assurot qoldirdi va ularning texnikumda o'qishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
15- may Xalqaro oila kuni munosabati bilan Xotin-qizlar kengashi raisi D. A.Utanova hamda mahalla faollari bilan birgalikda davra suhbati olib borildi.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan taqdirlash.

Xotira bor ekan – millat barhayot.
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

📌 Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida direktor hamda kasaba uyushmasi qo'shma yig'ilish bo'lib o'tdi.

❗️ Mazkur yig‘ilishda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan ko‘p yillik beminnat mehnatlarini yuksak qadrlab fidoyi xodimlarga rag‘batlantiruvchi fahriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari berildi.
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
Joriy yilning 26-aprel sanasida texnikumda an'anaga aylangan "Kasbim faxrim" tadbirida 1-kurs o'quvchilari qasamyod qabul qilishdi.
Tadbirda texnikum direktori S. T. Tursunov tibbiy ta'lim islohotlarining mazmun mohiyatini keng ochib berib, 1-bosqich o'quvchilarining o'qishlariga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.
Tadbir davomida guruhlar tomonidan quvnoq va esda qolarli chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, qasamyod qabul qilish marosimiga o'quvchilarning ota-onalari ham tashrif buyurishdi.
Tadbir so'nggida iqtidorli va bilimga chanqoq o'quvchilar texnikum tomonidan maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
🗓Joriy yilning aprel oyida texnikumning psixologlari
N. Qahhorov hamda F. Jabborovalar 1-bosqich o'quvchilari bilan "Ijtimoiy emotsional ko'nikma" nomli maxsus kursni olib bordilar.
✍️ Ushbu kurs davomida o'quvchilar bilan stres, depressiya, o'zini-o'zi anglash, to'g'ri muloqot qilish, liderlik ko'nikmalarini shakllantirish va guruhni jipslashtiruvchi qiziqarli treninglar olib boriladi.
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
Joriy yilning 22-aprel sanasida "O'quvchilar kino kunlari" doirasida "Oybek" kinofilmi namoyish etildi.
⚡️ Kinoda ilgari surilgan g'oya orqali o'quvchilardagi Vatanga sadoqat, o'zaro mehr-oqibat, yuksak ma'suliyat, bag'rikenglik, sog'lom dunyoqarash, shukronalik, Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg'ularini rivojlantirishga erishildi
Joriy yilning 22-aprel sanasida o‘rta maxsus va kasbiy ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo'lib o‘tdi.

📚Hududiy bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o'tkazildi.

📍Ushbu turnirda Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining iqtidorli o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi  tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
📆 Joriy yilning 16-aprel sanasida texnikumning o'quvchi yoshlari o'rtasida "Odam savdosi - davr muammosi" mavzusida ma'naviyat soati o'tkazildi .
🔼O'tkazilgan ma'naviyat soatda o'quvchilarda Vatanga sadoqat, o'zaro mehr-oqibat, yuksak ma'suliyat, bag'rikenglik, sog'lom dunyoqarash, kitobxonlik va media madaniyat, yot g'oyalarga qarshi immunitet mustahkamlandi.

Joriy yilning 15-aprel sanasida o'tkazilgan "Yosh qutqaruvchilar" musobaqasining shahar bosqichida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining o'quvchilari faxrli 🥇-o'rin g'olibi bo'ldilar.


🏅G'olib jamoalar Respublika bosqichiga yo'llanma oldilar. Ushbu musobaqa o'quvchilarning favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish ko'nikmalarini oshirish va ularni qutqaruvchi kasbiga qiziqtirishga xizmat qildi.
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi  tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
📆 Joriy yilning 15-aprel sanasida texnikumning o'quvchi yoshlari o'rtasida "Milliy qadriyatlar" haftaligi doirasida "Ona tili-millatning ruhidir" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi .
🔼Bu targ'ibot tadbiri o'quvchi yoshlarimizda milliy o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat, Ona tilimizni ulug'lash va milliy g'urur tuyg'ularini shakllantirdi.
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
📆 Joriy yilning 14-aprel sanasida texnikumning o'quvchi yoshlari o'rtasida "Jaholatga qarshi Ma'rifat bilan mavzusida " davra suhbati olib borildi .
⚡️ Suhbat davomida o'quvchilarning ekstremizm, radikalizm va boshqa shu kabi buzg'unchilik ruhidagi yot g'oyalardan ogoh bo'lishi ta'minlandi hamda ularning buzg'unchi mafkuralarga qarshi immuniteti muayyan darajada mustahkamlandi.

Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
📆 Joriy yilning 10-aprel sanasida "O'quvchilar kino kunlari" doirasida texnikumning o'quvchi yoshlari o'rtasida "Quduq" kinofilmi namoyish etildi.
⚡️ Kinoda ilgari surilgan g'oya orqali o'quvchilardagi Vatanga sadoqat, o'zaro mehr-oqibat, yuksak ma'suliyat, bag'rikenglik, sog'lom dunyoqarash, shukronalik, Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg'ularini rivojlantirishga erishildi.

Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
📆 Joriy yilning 9-aprel sanasida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan "Amir Temur - Sohibqiron, buyuk sarkarda" mavzusida ma'naviyat soatlari tashkil etildi.
⚡️ Ushbu Ma'naviyat soati jarayonida o'quvchilar:
Amir Temur hayoti va faoliyati Davlat ishlari va siyosati
Sarkardalik qobiliyati va harbiy yurishlari
Temuriylar shajarasi
Davlatdagi madaniy hayot haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

2025-yil 8-aprel Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
"Kasb va yoshlar" ochiq muloqot oyligi doirasida tadbir bo'lib o'tdi.

📌 Tadbirda Sergeli Tumanining 353- sonli umumta'lim maktabining 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etdilar. Bu tadbir o'quvchilarda katta ta'assurot qoldirdi va ularning texnikumda o'qishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Toshkent shahar Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi tasarrufidagi Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
📆 Joriy yilning 8-aprel sanasida
⚠️ "Ta'lim muassasasi rahbar xodimlari va yoshlar uchrashuvi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
⚡️Unda texnikumning Deriktori, yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari, guruh rahbarlari hamda o'quvchi yoshlar ishtirok etdilar.
2025-yil 7-aprel
Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining 1-bosqich Hamshiralik ishi yo'nalishi o'quvchilari o'rtasida zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.

Guruhlar Dono hamshira, Olmos hamshira va Brilliant hamshira nomlari bilan o'zaro bellashdilar. G'olib bo'lgan guruhlar texnikumning esdalik sovg'alarini qo'lga kiritdilar.

2025-yil 7-aprel Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida

"Kasb va yoshlar" ochiq muloqot oyligi doirasida tadbir bo'lib o'tdi.


📌 Tadbirda Sergeli Tumanining 47 va 268- sonli umumta'lim maktablaridan o'quvchi yoshlar ishtirok etdi. Bu tadbir o'quvchilarda katta ta'assurot qoldirdi va ularning texnikumda o'qishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirdi.

2025-yil 4-aprel Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirish, maqsadida “Milliy tarix va qadriyatlar” bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi

Davra suhbatida Xotin-qizlar kengashi raisi D.A.Utanova xalqimizning asrlik o’tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyati aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi bo’lib, butun millatning manaviy qiyofasini o’zida namoyon etadi. Har bir millatning tili, urf odatlari, tarihi, madaniyati, an’analarini, barcha moddiy va manaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o’z ichiga qamrab oladigan milliy qadriyatlat haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdilar

2025-yil 25-mart Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida

"Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

⚡️ 18-Uchuvchilar saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Abduxalimov Baxrom Abduraximovich, O'zbekiston Adolat SDP Toshkent shahar kengashi raisi o'rinbosari Xalilov Abduraxim Xalilovich hamda 5-Obirahmat saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Sergeli tuman kengashi deputati Adolat SDP Sergeli tumani kengashi raisi Tursunov Sobir Turdiyevichlar tadbirda so'zga chiqib Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi 3-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qarorini mazmun mohiyatini xususan, Tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlangan
xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta'minlash va monitoring olib borish to'g'risida batafsil ma'lumotlar berdilar.Tadbir so'ngida ishtirokchilar tomonidan fikir-mulohaza va takliflar bildirildi.

2025-yil 25-mart Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Respublika Ichki Ishlar qoshidagi Kinologiya bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Tadbir IIO kinologiya bo‘linmalarining faoliyatini takomillashtirish, sohadagi xizmat itlarini naslchilik ishlari samaradorligini oshirish, xizmat itlarini tayyorlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash pullik xizmatlar asosida amalga oshirilishi tushuntirildi.
⚡️ Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbir davomida kinologiya xizmat itlari yordamida umumiy va maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazma namoyish etildi. Xususan, xizmat itlarining buyruqlarini bajarishi, iz olishi, giyohvandlik vositalarini qidirib topish ko‘nikmalari ko‘rsatildi

2025-yil 24-mart kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Sergeli tumanidagi texnikumlar o'rtasida o'tkazilgan "Yosh qutqaruvchilar" musobaqasida faxrli 🥇-o'rin g'olibi bo'lgan o'quvchilarga texnikum direktori tomonidan maqtov yorlig'i hamda esdalik sovg'alari topshirildi.


⚡️ Texnikum jamoasi g'olib bo'lgan o'quvchilarga shahar bosqichida bo'lib o'tadigan musobaqada omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

2025-yilning 20-mart kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o'quvchilar bilan "Yer sharini asraylik" shiori ostida davra suhbati olib borildi.


Suhbat davomida o'quvchilarga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishlari haqida bir qancha tushunchalar berildi.
Mamlakatimiz bo'ylab hamjihatlik bilan olib borilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi ezgu qadriyatlarimizning davomiy va barqaror bo'lishida muhim o'rin tutadi.

⚡️⚡️ 2025-yilning 18-mart sanasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hududida texnikum ma'muriyati boshchiligida texnikum hududida o'quvchilar bilan birgalikda manzarali daraxtlarni ekdilar.

Sergeli tumanidagi texnikumlar o'rtasida o'tkazilgan "Yosh qutqaruvchilar" musobaqasida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining o'quvchilari faxrli 1-o'rin g'olibi bo'ldilar.

Musobaqa davomida jamoalar dala chodirini yig'ish kabi 5 ta shart bo'yicha bellashdilar.
G'olib jamoalar shahar bosqichiga yo'llanma oldilar. Ushbu musobaqa o'quvchilarning favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish ko'nikmalarini oshirish va ularni qutqaruvchi kasbiga qiziqtirishga xizmat qildi.
12.03.2025-yil
Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining o'quvchi yoshlari guruh rahbarlari bilan birgalikda Adiblar xiyoboniga sayohat uyushtirdilar.

Sayohat davomida o'quvchilar Mahmudxo'ja Behbudiyning hayotiga oid tarixiy bilimlarga ega bo'ldilar.

01.03.2025 yil Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Taniqli jamoat arbobi O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligini nishonlash" to'g'risida davra suhbati o'tkazildi.

☘️ Unda texnikumning O'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Z. N. Normurodova,
Xotin qizlar kengashi raisi D. A. O'tanova, texnikum o'qituvchilari hamda o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
O'quvchi qizlar kutubxonadagi Zulfiyaxonim she'rlaridan mutolaa qildilar. Qizlar o'zaro davra suhbati olib bordilar.

🏢 Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida fevral oyida "Hamshiralik ishi" kafedrasi o'qituvchilarining "Ochiq mashg'ulotlar oyligi" bo'lib o'tdi.

📌 Unda kafedraning o'qituvchilari yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan va mashg'ulot mavzusidagi amaliy ko'nikmalar uchun kerakli jihozlar, tarqatma materiallardan foydalanib mashg'ulotlarni olib borishdi.
📌 Erishilgan natija: O'quvchilar mustaqil o'z ustida ishlash natijasida o'tkazilgan mashg'ulotda faol qatnashdilar va o'zlariga bo'lgan ishonch yana ham oshdi.
O'qituvchilar o'zaro mashg'ulotlarga tashriflar natijasida bilim, ko'nikma, malaka almashdilar.

Joriy yilning 26-fevral kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining Farmatsiya yo'nalishi 2-bosqich o'quvchilari Toshkent Farmasevtika institutiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida o'quvchilar Farmakognoziya va botanika kafedrasida "Tarkibida alkaloid bo'lgan dorivor o'simliklar va mahsulotlar" mavzusidagi darsga qatnashishdi, kafedra faoliyati haqida tushunchalarga ega bo'lishdi, Institutda faoliyat olib borayotgan professor o'qituvchilar hamda magestratura darajasida ta'lim olayotgan talabalar bilan qiziqarli suhbatlar olib borishdi.
Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 26-fevral kuni "Dual ta'lim-tibbiyot sohasida malakaliy kadrlarni tayyorlashning yangi bosqichi" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent shahar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi shuba mudiri T. F. Roziqulov, texnikum direktori S. T. Tursunov,direktor o'rinbosari Z. N. Normurodovalar O'zbekistonda dual ta'limning tashkil etish mexanizmlari va ular oldida turgan dolzarb masalalar to'g'risida alohida to'xtalib o'tdilar.
❇️ Seminarda Toshkent shahrining yirik korxona rahbarlari, dorixona rahbarlari, Toshkent shahar savdo-sanoat palatasi vakillari,Sergeli tumanida joylashgan kasbiy ta'lim tashkilotlari pedagoglari hamda texnikum o'qituvchilari ishtirok etdi.
📌 Seminarda tibbiyot sohasida dual ta'limning yanada rivojlanishi, uning afzalliklari hamda dorixonalarning hamkorlikda bu boradagi faoliyatlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Dorixona rahbarlari Dual ta'lim bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining oʻquvchilari
📚 “Ma’naviyat soatini” qiziqarli va mazmunli tashkil etish maqsadida, guruh rahbarlari ishtirokida
📍Toshkent shahrida joylashgan,
👑 "TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYIGA" tashrif buyurdilar.
🏛Muzeyda oʻquvchilar Amir Temur va u asos solgan sulola vakillari davridagi noyob ilmiy obʼyektlarini, Temur va Temuriylar sulolasi davriga oid besh mingdan ortiq noyob eksponatlar mavjudligi haqida ko‘plab ma'lumotlarga ega boʻldilar.
📌 Muzeyga tashrif jarayoni oʻquvchi yoshlarda katta taassurotlar uygʻotdi.


2025-yil 19-fevral kuni yoshlarda milliy qadriyatlar va madaniy merosimizga hurmat ruhini rivojlantirish maqsadida
Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining 1-bosqich o'quvchi yoshlari va guruh rahbarlari tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan "Zangiota" ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.
Ushbu ziyorat orqali yoshlar ziyoratgoh tarixi, hozirgi kundagi ziyoratchilar qamrovi haqida to'laqonli ma'lumotlarga ega bo'ldilar

2025-yil 14-fevral Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Ilm - fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Texnikum direktori
S. T. Tursunov
O'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Z. N. Normurodova
Texnikumning xotin - qizlar kengashi raisi D. A. Utanova
Sergeli tuman xotin - qizlar bo'limi bosh mutaxassisi Sh. Aliyeva hamda hamkor tashkilot rahbarlari qatnashdi

2025-yil 13-fevralda Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Buyuk bobokalonimiz tavalludning 542 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
📌Ushbu tadbirda texnikumning pedagog xodimlari hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘llari va ijodidan maruzalar, sheriy aytishuvlar hamda sahna ko‘rinishlar bilan chiqdilar.
Tadbir so’ngida faol ishtirokt etgan o‘quvchi yoshlarga texnikumning faxriy yorliqlari topshirildi.

Joriy yilning 12-fevral kuni Sergeli tumani “Madaniyat” mahallasi hududida joylashgan Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Qandli diabet - xavf omillari, belgilari va zamonaviy davolash usullari” mavzusida pedagog xodimlar hamda ta’lim muassasasi o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida “Qandli diabet” kasalligining aholi orasida ko‘payishi va uni oldini olishga qaratilgan qator munozara va amaliy ma’ster klasslar o‘tkazildi.
Ma’ruzachilar tomonidan tadbir ishtirokchilariga kasallikni oldini olish bo‘yicha proflaktik chora-tadbirlarni joylarda amalga oshirish uchun tavsiyalar berildi

2025-yil 8-fevral Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o'zbek adabiyotining buyuk namoyondasi, mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi.
☘️ Tadbir davomida texnikumning o'quvchilari tomonidan buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy merosi, uning jahon adabiyotiga qo'shgan ulkan hissasi haqida ma'lumotlar berildi.

2025-yil 6-fevral "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" Respublika ko'rik tanlovining tuman bosqichida Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining "Eco-med" jamoasi faxrli
🥇-o'rinni egalladi.

2025-yil 6-fevral Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Mahmudho'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini" nishonlash maqsadida tadbir bo'lib o'tdi.
❇️ Tadbirda texnikum o'quvchilari Behbudiy hayoti va ijodi haqida sahna ko'rinishlari, hamda she'riy chiqishlar namoyish etdilar.


Samarqand shahrida “WorldSkills Uzbekistan” Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi hamkorligida 2025-yil 27-yanvardan 4-fevral kunlari “WorldSkills Samarkand-2025” V milliy kasblar chempionati o‘tkazildi.

Mazkur chempionatda 66 ta texnikumlardan jami 146 nafar ishtirokchi hamda 300 ga yaqin pedagoglar ishtirok etdilar.

Chempionatda “Payvandlash”, “Elektromontaj”, “Santexnika”, “Tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik” kasblari bo'yicha bellashdilar.

📌Sergeli Аbu Аli ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumidan E.T.Usmanova bosh ekspert (xalqaro tajriba asosida), X.R.Omonova bosh ekspert o’rinbosari hamda M.X.Muxiddinova ekspert sifatida ishtirok etdi.

📌Sergeli Аbu Аli ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining 2-bosqich “Davolash ishi” yo’nalishi o’quvchisi A.A.Kaldarova chempionatda ishtirok etib, “Medallion for Excellence” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Navbatdagi Osiyo chempionati 2025 yil noyabr oyida Tayvan shahrida bo’lib o’tishi e'lon qilindi



31.01.2024 yil Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Milliy qadriyatlar kuniga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda "Milliy libos", "Milliy raqs", "Milliy qo'shiq" nominatsiyalari o'tkazildi. O'quvchilar tomonidan turli ma'naviy - ma'rifiy chiqishlar, liboslar namoyishi bo'lib o'tdi

31.01.2024 yil Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Milliy qadriyatlar kuniga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda "Milliy libos", "Milliy raqs", "Milliy qo'shiq" nominatsiyalari o'tkazildi. O'quvchilar tomonidan turli ma'naviy - ma'rifiy chiqishlar, liboslar namoyishi bo'lib o'tdi

28.01.2025 yil Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining tashabbusi bilan texnikum o‘quvchilari o‘rtasida

Oʻzbekiston shaxmat fedaratsiyasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi qoidalar asosida sportning "Shaxmat" turi bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” sport musobaqalarining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra texnikumning Farmatsiya yo'nalishi 112-F-guruh 1-bosqich o'quvchisi Abdurahmonov Murodali g‘olib deb topildi hamda 2-bosqichiga ishtirok etish uchun yoʻlanmani qoʻlga kiritdi.
🥇G‘olib deb topilgan o'quvchiga jamoat transportidan 1 oy bepul foydalanish kartasi taqdim qilindi.
"Giyohvandlik-kelajak kushandasi"
Joriy yilning 21-yanvar kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Xavfsiz va sog'lom poytaxt oyligida "Giyohvandlik-kelajak kushandasi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda texnikum direktori S. T. Tursunov, YoBIBDO' L. N. Boboyev, Sergeli tuman IIOFMB boshlig'ining o'rinbosari p/p-k To'ychiyev. M, 4-sonli IIB boshlig'i mayor Shamshiyev. R hamda texnikumning o'quvchilari qatnashdi.

"Milliy liboslar - milliy qadriyatlar bezagi"
Joriy yilning 24-yanvar kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Milliy liboslar - milliy qadriyatlar bezagi" nomli festivali o'tkazildi
Milliy urf-odatlarni tarannum etuvchi festival doirasida milliy liboslar taqdimoti, fotosessiya va fleshmoblar tashkil etildi.
"Erta turmush va erta tug'ruqning salbiy oqibatlari"

Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining xotin qizlar kengashi raisi Dilobar Artikbayevna o'quvchi qizlar bilan "Erta turmush va erta tug'ruqning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati olib bordi.
Suhbat davomida qizlarga erta turmush va erta tug'ruqning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi, ular bilan savol javoblar o'tkazildi.

14- yanvar Vatan himoyachilari kuni va Qurolli kuchlarimizning 33 yilligi munosabati bilan MILLIY ARMIYAMIZ-TINCHLIK VA BARQARORLIK KAFOLATI mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda "Yangi O'zbekiston armiyasi-zamonaviylik va qudrat timsoli mavzusida nutq so'zlandi.


Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Pedagog xodimlarning ish faoliyati va vaqt me'yorlari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.


Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bugun 25-dekabrdan boshlab pedagoglarning qishki ta'til vaqtida bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida o'quv- amaliy seminar treninglar tashkil etildi.

Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganligi munosabati bilan "Mening armiyam - mening faxrim" mavzusida ijodiy insholar tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda texnikumning 1-bosqich Radialogiya, Stomatologiya ishi, va Farmatsiya ishi yo'nalishi o'quvchilari ishtirok etishdi.

Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 10-dekabr O'zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan darslarni Madhiyani kuylash bilan boshladi.
❇️ Bugun xalqimizning mangu qo'shig'i - Madhiyamiz yaralgan kun. Shu munosabat bilan Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Davlat madhiyasi ijro etildi. Barchani yana bir karra bizni Vatanimizdan g'ururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.
Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizni va barcha hamkasblarni tabriklaydi.


🗓 07.12.2024
✅ Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 8-dekabr
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir dasturi tashkil etildi.
Tadbirda texnikumning 1-kurs o'quvchilari sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etishdi



📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar kо‘rsatishni takomillashtirish bо‘yicha
qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qaroriga asosan:

Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida " Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusi ostida tadbir tashkillashtirildi.

🔥O‘quvchilarimizning huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirish
maqsadida ko ‘rgazmali tarqatma materiallar tayyorlandi.

3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida tadbir o'tkazildi.
☘️ Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo'lmagan kishilar bilan teng huquqlik asosida ishtirok etishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-tamoyillarning joriy etilishini ta'minlab, barcha uchun ochiq va do'stona bo'lgan jamiyat qurishdan iboratdir.
" Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan texnikumning O'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari hamda Ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari so'zga chiqib Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish va nogironlikni oldini olish haqida tadbir ishtirokchilariga ma'lumot berdi.



Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuniga bag'ishlangan "Biz OITSga qarshimiz!" shiori ostida tadbir o'tkazildi.
Hozirgi davrda OIV - infeksiyasi dunyo bo'yicha sog'liqni saqlashning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. OITS kabi xavfli kasallik va ularni oldini olish bo'yicha axolining boxabarligini oshirishda, ogohlikni kuchaytirishda sizning o'rningiz beqiyosdir!
Tadbir davomida texnikumning o'quvchilari o'z sahna ko'rinishlarini namoyish etdilar.




Joriy yilning 25-28 - noyabr kunlari Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida " Bu mening yashil sayyoram" mavzusida eko-diktantlar tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 1-kurs o'quvchilari ishtirok etishdi.

☘️ Yoshlarning atrof-muhit ga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishlari, ekologik madaniyatni yanada rivojlantirish va albatta ichimlik suvlarini isrof qilmasliklari uchun turli tanlov, uchrashuv, sayllar tashkil qilib kelinmoqda
.
❇️ " Bu mening yashil sayyoram" mavzusidagi ekodiktantni o'quvchilar yuqori shukuhda yozishdi.

✅ Natijalarga ko'ra :
🥇O'rinni B.Qo'ziyeva;
🥈O'rinni S.Bo'ronova;
🥉O'rinni Mustafoyiva va A.Anvaravolar egallashdi.




28.11.2024-yil Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida to'garaklar faoliyati taxlil qilindi.

☘️ 2024-2025 o'quv yilida texnikum bo'yicha 10 ta to'garak o'z faoliyatini olib bormoqda.
Bular "Zakovatli hamshira", "Reproduktiv salomatlik", "Ibn Sino", "Mohir hamshira", "Учемсяговорить по русски", "Stol tennis", "Voleybol", "Zukko hamshira", "Sog'lom avlod".
Bu to'garaklar texnikumning mahoratli ustozlari tomonidan olib borilmoqda.




Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida tashkil etilgan "Muqaddasdir Millat bayrog'i!" nomli bayram kechasi.
❇️Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi
Davlat bayrog'i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan texnikumning faollar zalida 1-kurs o'quvchilari ishtirokida
"Muqaddasdir Millat bayrog'i!" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.
Sahna bayramona shaklda bezatildi, unda bayrog'imizni, mustaqilligimizni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar, musiqiy chiqishlar, sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Tadbirda texnikumning 1 va 2- kurs o'quvchilari va o'qituvchilari qatnashishdi.




✅2006-yil 12-sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash to'g'risida" gi Qonuniga ko'ra Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi "Tibbiyot xodimlari" kuni etib belgilangan.
❇️Shu munosabat bilan Tibbiyot xodimlari kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Kasbim faxrim" shiori ostida tantanali ravishda o'tkazildi.
☘️Qadirli shifokorlar.
Aziz tibbiyot xodimlari!
Kasbingiz sharafli, mexnati esa ulug'dir. Siz kabi jonkuyar tibbiyot xodimlarining mexnati ila insonlarning hayoti asrab qolinadi, salomatligi mustaxkamlanadi.



Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining Qozog'iston Respublikasi Qizilordin oliy tibbiyot kolleji bilan "Tibbiy tayyorgarlik bo'yicha xalqaro tajriba almashinuvi hamda kadrlar va kasb - hunar ta'limi tizimini takomillashtirish"



21-oktyabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Ona yurtimizning har bir go'shasida katta tantana bo'lganidek bizning Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ham bu bayram keng nishonlanmoqda. Beg'ubor va jozibador ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'ldi.
❇️ Shu ulug' kunda ona tilimizni yuksaltirishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarga kuch-quvvat va ilhom tilaymiz!

11.10.2024-yil "Xalqaro qizlar kuni"
📅" Joriy yilning 11-oktyabr kuni Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining o'quvchi qizlari va o'qituvchilari "Sarbon" nodavlat Universitetida "Qizlar" forumida ishtirok etdilar.
❇️ Forum davomida qizlarning jamiyatda tutgan o'rni beqiyos ekanligi yana bir bor alohida ta'kidlandi, chiroyli badiiy chiqishlar bilan qizlarimizni bayram bilan tabriklashdi.

04.10.2024-yil "Giyohvandlikka qarshi kurash"
"Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Giyohvandlikka qarshi kurash" haftaligi doirasida tadbir bo'lib o'tdi!". Tadbirda o'quvchilar o'zlariga kerak bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

28.09.2024-yil
"Joriy yilning 28-sentyabr kuni Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga Koreyaning KIMPO UNIVERSITYdan Professor Kim son Hee, Professor Sook Shin va Song eui seob tashrif buyurishdi va ular texnikum bilan xalqaro shartnomani imzolashdi.

28.09.2024-yil
"Joriy yilning 28-sentyabr kuni Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Yoshlarni jismoniy chiniqtirish , ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun guruhlar o'rtasida sport musobaqalari olib borildi.

12.09.2024-yil "XON ATLAS FESTIVALI !"
"Joriy yilning 12-sentyabr kuni Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida tahsil olayotgan o'quvchi-qizlar, ayol o'qituvchilar va xodimlar ishtirokida "Xon atlas" festivali ko'tarinki ruhda tashkil etildi !

09.09.2024-yil "YANGI O'ZBEKISTON-YANGI G'ALABALAR !"
"XVII yozgi Paralimpiya o'yinlari g'oliblarini olqishlaymiz!

04.09.2024-yil "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yangi o'quv yili boshlandi !"
"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz !" shiori ostida Mustaqillik darslari o'tildi.
Barcha talaba va o'quvchilarga yangi 2024-2025 o'quv yilida omad tilaymiz!

29.08.2024-yil "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Pedagogik kengashining № 1-sonli yig'ilishi !"
Qatnashdilar:
Pedagogik kengash raisi
Raxbariyat xodimlar
Kafedra mudirlari
Texnikum o'qituvchilari 52 nafar
Kun tartibi:
2024-2025o'quv yilida ta'lim samaradorligini oshirish, O'quvchilarga sifatli ta'lim berish maqsadida texnikum pedagok - xodimlar o'rtasida tanlov e'lon qilib , shu tanlov asosida qabul qilish va tanishish haqida texnikum direktori .S.T.Tursunov ma'ruza qildilar .


28.08.2024-yil "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!"

Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2024/2025-o‘quv yili oldidan 28-avgust kuni “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida professional ta’lim muassasalarining bo’lim boshliqlari va psixologlarning sho’ba yigilishi o’tkazildi unda so’zga chiqqan ma’ruzachilar O’zbekiston 2030 hamda ta’lim to’g’tisidagi Qonun, yangi oquv dasturlar, shunindek oquvchilar bilan ishlashda yangi innovatsion pedogogik texnologiyalarining qullashdagi sifat va samorodorlik borasida aloxida tuxtalib o’tdi. Yigilish ishtirokchilar tomonidan qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.



Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida kasbiy - amaliy imtihonlar bo'lib o'tdi.


07.06.2024 “MENING KASBIM -MENING FAXRIM”
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida "MENING KASBIM -MENING FAXRIM" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tanlov qiziqarli va ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. O'quvchilar savol-javob va turli xil bellashuvlarda faol ishtirok etishdi.


24.05.2024 “ENG ZUKKO KITOBXON O'QUVCHI”
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida kitobxonlik haftasi doirasida "ENG ZUKKO KITOBXON O'QUVCHI" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tanlov qiziqarli va ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. O'quvchilar savol-javob va turli xil bellashuvlarda faol ishtirok etishdi.


24.05.2024 “SPID ga qarshi kurash"
Aholi salomatligini saqlash va yoshlar o'rtasida turli xil kasalliklarni oldini olish maqsadida 2024-yilning 24-may sanasida Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "SPID ga qarshi kurash" ma'naviy - marifiy tadbir bo'lib o'tdi . Tadbir davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi .


15.05.2024 “Malakali tibbiy kadrlarni tayyorlashda tibbiy taʼlimni yanada takomillashtirish yoʻllari, dolzarb muammolar va ularning yechimlari”
"Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili"ga bagʻishlab "Malakali tibbiy kadrlarni tayyorlashda tibbiy taʼlimni yanada takomillashtirish yoʻllari, dolzarb muammolar va ularning yechimlari" mavzusida 2024-yil 15-mayda Andijon shahrida oʻtkazilgan Respublika ishchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi va unda Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori Sobir Turdiyevich hamda kafedra mudirlari Hamida Isroilova va Husniya Omonovalar qatnashishdi. Bu haqida 20-may kuni tashkil etilgan "Pedagoglar kengashi"da hisobot topshirildi. Unga koʻra direktorimiz "Professional tibbiy taʼlimda simulyatsion oʻqitish usullari" boʻyicha maʼruza qilganlar, amaliy mashgʻulotlarda qatnashganlar. Ushbu tashrif doirasida amalga oshirilgan barcha ishlardan katta taassurotlarga, bilim va tajribalarga ega boʻlindi. Pedagoglar kengashida tashrif chogʻida egallangan bilimlarni oʻquv yurtimizda qoʻllab, taʼlim jarayonini yanada sifatli qilishga erishish mumkinligi haqida fikr bildirildi.


20.03.2024 HAR KUNING BO'LSIN NAVRO'Z”
Bahor yoshlik va yasharish fasli, deb bejizga aytishmaydilar. Bu faslda butun atrof gullar iforiga burkanadi. So’ngra dillarni xushnud qilishda davom etadi. Keyin bayramlar, xursandchiliklar boshlanadi. Texnikumimizda tadbir tashkil etildi. Unda o’quvchilarimiz o’z mahoratlarini namoyish qildilar. Bahorning butun go’zalliklarini ko’rsatib berishga harakat qildilar. Sahna bezaklarini chiroyli gullar bilan bezatildi. Bu sahna bezaklari tadbir ishtirokchilari uchun bahoriy ruhni berish uchun qilindi va bunga yetarincha erishildi.
“Har kuning bo’lsin navro’z” shiori ostida tashkil etilgan tadbirimizda bahoriy kuy qo’shiqlar tarannum etildi, texnikum o’quvchilari tomonidan sahna ko’rinishlari, go’zal raqslar, bayram tabriklari namoyish etildi. Navro’z bayramining qanday tashkil topganligi, qay tarzda nishonlanib kelingani, tarixi haqida ham ma’lumotlar berib o’tildi..


"08.03. 2024 GERMANIYA VA LITVA HAMKORLARINING TASHRIFI"
8-mart kuni xorijiy davlatlardan xususan Germaniya va Litvadan hamkorlar Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurishdi. Texnikum direktri hamrohligida o'quv xonalarini ko'zdan kechirib, qulay shart-sharoitlardan mamnun bo'lishdi. So'ngra qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha hamshiralik ishi yo'nalishini hamkorlikda ochish taklifini bildirishdi. Texnikum o'qituvchilari bilan fikr almashib qilinishi kerak bo'ladigan ishlarni rejalashtirib olishdi. Endilikda xorijdan kelgan o'quvchilar uchun ham texnikumda o'qish imkoniyati yaratiladi.
“Ikki Buyuk Daho, Ikki Bebaho” mavzusida tadbir

Sergeli tumanida joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat texnikumida Gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodlariga bag‘ishlangan “IKKI BUYUK DAHO, IKKI BEBAHO” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi – F.R.Xanapiyayev, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari – G.K.To'xtayeva, Sogʻliqni saqlash vaziriligining, Xalqaro hamkorlik boʻlimi yetakchi mutaxassisi Yoshlar masalalari boʻyicha vazirning vakili – B.Q.Sabirov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.A.Aliyeva, texnikum kasaba uyushmasi raisi va xalqaro bo'lim boshlig'i E.T.Usmonova va texnikum Yoshlar yetakchisi S.Sh.Abduraupov ishtirok etib, buyuk allomalarimiz hayoti va ijodiga nazar solib, tadbir ishtirokchilarini erishayotgan yutuqlari bilan qutlab, kelajakdagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Texnikum oʻquvchilari tomonidan turli tillarda buyuk daholarning sheʼr va gʻazallari oʻqildi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi, milliy kuy va qoʻshiqlar yangradi. Ushbu tadbir barchaga katta zavq bagʻishlab, shunday buyuk ajdodlar davomchisi ekanliklaridan qalblarida shukur, gʻurur va iftihor tuygʻusi yanada mustahkamlandi.
16.05.2023 y

"Xalqaro hamkorlik"
A.D.Saxarova nomli Belarussiya davlat xalqaro ekologiya instituti xodimlari Sirg'ali tibbiyot kolleji bilan Xalqaro hamkorlik rejalarini takomillashtirish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
12.05.2023 y

"Kasbim - faxrim"
Sirg'ali tibbiyot kollejida 12-may Xalqaro xamshiralar kuniga bag'ishlab "Kasbim - faxrim" nomli ma'naviy - ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi . Tadbirda kollej o'quvchi va o'qituvchilari ishtirok etdilar. El suygan san'atkor G'iyos Boytoyev o'zining dilni xushnud qiluvchi qo'shiqlari bilan hammani xursand qildi.
30.04.2023 y

"Seniki. Meniki. Bizniki. Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum
"
2023 yil 30- aprel kuni Sirg'ali tibbiyot kolleji 155-referendum saylov uchastkasida yangi Konstitutsiya bo'yicha referendum bo'lib o'tdi . Sirg'ali tibbiyot kollejning barcha xodimlari va Sergili tumani aholisi referendumda ovoz berishda faol ishtirok etishdi.
18.04.2023 y

"Xalqaro hamkorlik o'rnatish va qo'shma ta'lim dasturi "
2023 yil 18 aprel kuni xalqaro hamkorlik o'rnatish va qo'shma ta'lim dasturi tuzish maqsadida Dr Syed Belal Hassan hamda Xalqaro ishlar boshqarmasi direktori, qo'shma dasturlar bo'yicha dotsent professor IIMSR (Hindiston) Syed Adnan Akhtar Sirg'ali tibbiyot kollejiga tashrif buyurishdi.
13.04.2023 y

"Konstitutsiyaviy islohotlar - inson sha'ni va qadr-qimmati uchun"

Adolat Sotsial Demokratik Partiyasi tashabbusi bilan Sirg'ali tibbiyot kollejida "Konstitutsiyaviy islohotlar - inson sha'ni va qadr-qimmati uchun" mavzusidagi davra suhbati bo'ib o'tdi.
13.04.2023 y

"Yosh qutqaruvchi"
Joriy yilning 13.04.2023-yil "Yosh qutqaruvchi" musobaqasi shahar bosqichi o'tkazildi. Sirg'ali tibbiyot kolleji o'quvchilari faxrli 2- o'rinni egallashdi.
13.04.2023 y

"Xalqaro Forum 2023"
Joriy yilning 13.04.2023-yil poytaxtimizning Hilton mexmonxonasida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash xalqaro forumi bo'lib o'tdi, unda Sog'liqni Saqlash Vaziri A.Inoyatov mamlakatda Sog'liqni saqlashni transiformatsiya qilish borasida nutq so'zladi. Forum doirasida 100 dan ortiq xalqaro memorandumlar va shartnomalar imzolandi . Xususan Sirg'ali tibbiyot kolleji ham Xindistonning Nio universiteti bilan o'zaro memorandum imzoladi.
11.04.2023 y

"Xorijiy tillarni o'qitish kun talabi"
O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-mart 44-son buyrug'iga asosan Sirg'ali tibbiyot kollejiga Toshkent tibbiyot akademiyasidan G'aybulla Mustafakulov, Tashmetova Gulfera Shairovna boshchiligida bir guruh mutahassislar tashrif buyurib xorijiy tillarni o'rganish bo'yicha xususan nemis tilini o'rganib, o'quvchilar Germaniyada ish bilan ta'minlanish imkoniyatlari mavjudligini aytib o'tdilar .
"Worldskills O'zbekiston-2022"
“Worldskills O'zbekiston-2022” O'zbekiston 3-milliy chempionatiga Sirg'ali tibbiyot kolleji "Hamshiralik ishi" yo'nalishi 111-gurux o'quvchisi Aglamova N.SH.ni yetakchi o'qituvchi Omonova H.R tayyorlab "Tibbiy ijtimoiy g'amxo'rlik" kompitensiyasi bo'yicha 2022 yil 28-30 mart kunlarida bo'lib o'tgan chempionatda ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni egalladi, bronza medali xamda 83 ta davlat uchun "SkillsPassport" bilan taqdirlandi.
"Yosh qutqaruvchi"
Kollejda tashkil e'tilgan "Yosh qutqaruvchi" ko'ngillilar klubi a'zolari "Yosh qutqaruvchi" tuman va shahar bosqich musobaqalarida "Davolash ishi" yo'nalishi o'quvchilari 1-o'rinni egallab , Guliston shahrida Respublika bosqichida ishtirok etib faxrli o'rinlar egallandi.
Ibn Sino izdoshlari
Sirg'ali tibbiyot kolleji "Hamshiralik ishi" yo'nalishi o'quvchisi Abdiyeva Dildor
"Ibn Sino izdoshlari" shahar miqiyosida o'tkazilgan musobaqasida faxrli 3-o'rinni egalladi.
Tabriklaymiz!
Bizga obuna bo'ling
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida konstitutsiya bilimdoni ko'rik tanlovi o'tkazildi. Bu tanlovda Hamshiralik ishi 116-gurux o'quvchisi Ashuraliyeva Nafisa Komiljon qizi faxrli 1-o'rinni egalladi va tuman bosqichiga yo'llanmani kiritdi
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Hamshiralik ishi 116-guruh o'quvchisi Ashuraliyeva Nafisa Komiljon qizi konstitutsiya bilimdoni ko'rik tanlovi shahar bosqichida ishtrok etdi va faxriy yorliq va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi Davolash ishi 105 gurux oʻquvchilari Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida o‘quvchilarga 2 jahon urush qatnashchilari o‘tmishini xotirlash, muzeyda saqlanayotgan eksponatlar haqida keng ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekistonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, turli davrlardagi voqea-hodisalar aks etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdi.
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumida 18.01.2024 yil Belarussiya bilan hamkorlikda qo'shma dasturlar bo'yicha navbatdagi kengaytirilgan yig'ilish Zoomda online tarzda o'tkazildi. Bu yig'ilishda texnikum O'quv tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Z.N.Normurodova, Ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari Ye.K.Karimabayev, Xalqaro bo'lim boshlig'i E.T.Usmonova hamda texnikumning kafedra mudirlari qatnashdi. Yig'ilishda o'quv rejalar va qo'shma dasturlar bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi hamda keyingi yig'ilish 05.02.2024 yilga rejalashtirildi.
Photograph: Lee Scott / Unsplash
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ‘‘Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun‘‘ shiori ostida ‘‘Mahallada duv-duv gap‘‘ ma'naviy-ma‘rifiy, madaniy musiqiy tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda tashrif buyurgan O'ktam domla diniy tarafdan ilm o'rganish qanchalik to‘g‘ri yo'l ekanligini, muhimligini tushuntirib berdilar, talabalarga hozir ilm o'rganishlari uni kelajakda foydasi haqida ta'kidlab o'tdilar.

Bundan tashqari, tadbirda elimizning suyukli aktyori Mirolim Qilichov ham ishtirok etdi va ma'ruza qildi.Yoshlarimizga bo'layotgan imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishni kasb-hunar o‘rganish kerakligi va noto'g'ri yo'llarga kirib ketishdan ogohlikka da'vat etib ta‘kidladi.
Tadbirimiz so'nggida nihol mukofoti sovrindori Adolat Ismoilova o'zining ajoyib , sho‘x qo‘shiqlari bilan yakun yasadi.
2024 yil 1 fevral Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Direktori huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda texnikum direktori S.T.Tursunov so'zga chiqib, ijro intizomi to’g’risida, mas'ullarga berilgan topshiriqlar, ularning ijrosini belgilangan vaqtda ta’minlash kerakligini ta'kidladi va texnikumda faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning kompyuter savodxonligini oshirish haqida “Axborot asri” deb nom olgan bizning davrimizda aqlli texnika va texnologiya turmush tarzimizda, bugungi kundalik hayotimizda axborot texnologiyalarning roli, texnika va texnologiyalar, axborot vositalarining takomillashuvi, haqida gapirib o'tdilar.
2024 yil 5 fevral Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Direktori huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda texnikum direktori S.T.Tursunov so'zga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yilda qabul qilingan odob axloq nizomi bilan tanishishni va ijro intizomi forma, odob axloq haqida Kasaba uyishmasi a‘zosi tushuntirish ishlarini olib borilishini aytdilar.Dars jaroyonini boshlash va tugatish masalalari tanishtirildi hamda dars jaroyonlarining o’z vaqtida boshlanishi va o‘quvchilarni dars vaqtida to‘liq o‘tirishini ta’minlash kerakligini aytdilar. Bunga qo’shimcha qilib aytganda kunlik nazorat tahlil qilindi va darsga qatnasholmagan talabalardan tushuntirish xatlari olish va bunga katta e’tibor berish ta’kidlandi.Jurnallarning to‘g‘ri yuritilishi va elektron darsliklar tayyorlash bo‘yicha o‘zlarining talab va takliflarini ta’kidlab o’tdilar.




14.02.2024

“Ikki Buyuk Daho, Ikki Bebaho” mavzusida tadbir

✨Sergeli tumanida joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat texnikumida Gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodlariga bag‘ishlangan “IKKI BUYUK DAHO, IKKI BEBAHO” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi – F.R.Xanapiyayev, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari – G.K.To'xtayeva, Sogʻliqni saqlash vaziriligining, Xalqaro hamkorlik boʻlimi yetakchi mutaxassisi Yoshlar masalalari boʻyicha vazirning vakili – B.Q.Sabirov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.A.Aliyeva ishtirok etib, buyuk allomalarimiz hayoti va ijodiga nazar solib, tadbir ishtirokchilarini erishayotgan yutuqlari bilan qutlab, kelajakdagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Texnikum oʻquvchilari tomonidan turli tillarda buyuk daholarning sheʼr va gʻazallari oʻqildi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi, milliy kuy va qoʻshiqlar yangradi. Ushbu tadbir barchaga katta zavq bagʻishlab, shunday buyuk ajdodlar davomchisi ekanliklaridan qalblarida shukur, gʻurur va iftihor tuygʻusi yanada mustahkamlandi.





“Germaniya va Litva”ga o'quv safari
Соғлиқни сақлаш вазирлигига ҳамширалик таълими соҳасида техник ёрдам кўрсатишни кучайтириш мақсадида 8-14 феврал кунлари Литва ва Германияга ўқув сафари режалаштирилган.
Ўқув сафарининг асосий мақсади Германия ва Литвада ҳамширалик таълими, Соғлиқни сақлаш вазирлиги (МОҲ) қарор қабул қилувчилар, шунингдек Юнусобод ва Сергели туманларидаги Абу Али ибн Сино номидаги Жамоат саломатлиги техникумларининг директорлари, ўқитувчилари ўқув дастурларини ишлаб чиқувчилар, катта тиббиёт ҳамшираси ҳақида қимматли маълумотларни тақдим етишдан иборат. Тиббиёт ходимларининг касбий малакасини ошириш маркази (ех. Ташиув) ва Ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимларининг малакасини ошириш ва ихтисослаштириш Республика маркази директори. Ушбу ўқув сафари Ўзбекистонда ҳамшира ва рентгенологларни тайёрлаш сифати ва самарадорлигини ошириш билан боғлиқ лойиҳа мақсадларига янада самарали еришишга ҳисса қўшиш учун мўлжалланган.